Oflayn kurslar · Kameradan qo'rqmang
Brendface
Kamera oldida ishonch bilan gapirish, shaxsiy brend qurish va o'z yuzingiz bilan daromad topishni o'rganasiz.

Bu kurs kimlar uchun
Blog ochmoqchi bo'lganlar
Mashhur bo'lish va pul ishlashni xohlaysiz, lekin kameradan uyalasiz yoki nimadan boshlashni bilmaysiz.
Biznes egalari
Mahsulot yoki xizmatingizni o'z yuzingiz bilan ko'rsatib, mijozlar ishonchini oshirmoqchisiz.
Reklama va UGC ijodkorlari
Brendlar uchun video tayyorlab daromad qilmoqchisiz.
Nimani o'rganasiz
Shaxsiy brend va obraz
Brendning 3 ustuni, o'z obrazingiz, mavzularingiz va ideal tomoshabiningiz.
Kamera qo'rquvi, nutq va ovoz
Nafas va tana mashqlari, diksiya, pauza, mimika. 7 kunlik kamera chellenji.
Telefonda suratga olish va montaj
Yorug'lik, fon, burchak, toza ovoz. Gapiradigan Reels, xuk va storitelling, CapCut'da tez montaj.
Reklama, UGC va pul ishlash
UGC video formatlari, Stories orqali aloqa, reklama sotish, brend yuzi bo'lish va media-kit.
Qanday o'tadi
- Davomiyligi
- 1 oy, 12 dars
- Jadval
- Haftada 3 marta, 2 soatdan
- Joyi
- Urganch, oflayn
- Kerak
- Faqat telefon
- Amaliyot
- Darsning 80% qismi
- Vositalar
- ChatGPT, Claude, Gemini, Copilot, CapCut
Kurs oxirida qo'lingizda
- 60–90 soniyalik portfolio-reel
- 30 kunlik kontent rejasi
- Media-kit va xizmat paketlaringiz
- Har darsda olingan videolar va UGC portfolio
- «Oldin» va «keyin» videolaringiz
- Sertifikat
Natija har kimning mashqiga bog'liq: kurs yo'l va tizim beradi.
Ustoz
Baxtiyor Atadjanov
«Daritaldagi bola», SMM va AI
120K+ obunachi, 6 yil mediada, 20+ brend bilan ishlagan. Darital, FlyCinema va Telefon Center Xiva brendlari yuzi.
Joylar soni cheklangan
Yoziling, kurs haqida batafsil aytib beramiz va boshlanish sanasini xabar qilamiz.